Semulteneous translation
Ushbu o'quv qo'llanma tarjima nazariyasi va amaliyotini o'rganuvchi bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, sinxron tarjima fanining asosiy maqsadlari, vazifalari, talabalarning bilim, ko'nikma va malakalariga qo'yiladigan talablar, fanlararo bog'liqlik, fanni o'qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, tarjima qilish usullari, turli sohalarga tegishli matnlarni og'zaki va yozma tarjima qilish, tinglab tushunish va tarjima qilish kabi masalalarni o'z ichiga oladi. Qo'llanmada talabalarning eslash va etkazib berish qobiliyatini shakllantirish mashqlari, ilmiy anjumanlarda tarjima qilish usullari ham o'rin olgan.