Biokimyo va molekulyar biologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining 5140100 – Biologiya va 5320500 – Biotexnologiya yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Biokimyo va molekulyar biologiya fanini amaliy jihatdan o‘zlashtirishda biologik materiallar tarkibidagi oqsillar, karbonsuvlar, lipidlar, nuklyein kislotalar, fermentlar, vitaminlar, gormonlar, mikro- va makroelementlarni sifatiy va miqdoriy tahlil qilishda foydalaniladigan usullar yoritib berilgan. Har bir bo‘limda talaba va foydalanuvchiga qisqacha nazariy ma’lumotlar ham yoritib berilgan. Qo‘llanmaning so‘ngida funksional biokimyoga oid materiallar qon va siydik tahlili to‘g‘risidagi ma’lumotlar tarzida keltirilgan.