Ўрта мактаб физика таълимининг даврийлик технологияси
Ushbu kitob umumiy o'rta ta'lim maktablarida fizika o'qitishning davriylik texnologiyasiga bag'ishlangan. Unda fizika ta'limi davrlarining metodik asoslari, o'quvchilarning faoliyatini davriy boshqarish tizimi, o'quv maqsadlarining takrorlanishi, fizika ta'limi vositalari turlari, o'quvchilar faoliyatida ta'lim natijalarining namoyon bo'lishi kabi masalalar tahlil qilingan. Shuningdek, maktab fizika ta'limi tizimida ilmiy-metodik yondashuvlar va pedagogik maqsadlar taksonomiyasi ko'rib chiqilgan.